Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Joriy yilning 6-9 mart kunlari Boyovut tumanining “Gulbog‘” mahallasida joylashgan “BIRODARLIK”  qabristoni atrofini obodonlashtrishga viloyatdan biriktirilgan vakil Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i B.Batirov raisligida bir qator ezgu ishlar amalga oshirildi.

Statistika boshqarmasi hodimlari hamda "G‘allakor" mahallasi faollari bilan birgalikda qabriston atrofida tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i B.Batirov "Gulbog‘" mahalla aholisi bilan uchrashar ekan eng avvalo Davlatimiz rahbari tomonidan e’tibor qaratilayotgan ya’ni milliy qadriyatlarimizni asrash, ajdodlarimiz xotirasini ulug‘lash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, qabristonlarni, muqaddas ziyoratgoh va qadamjolarni obod qilish bo‘yicha topshiriqlaridan kelib chiqib, qabristonni saqlash, ulardan foydalanish va marosim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha qorovul, dafn marosimi xizmatlari ishchisi, tozalovchi va nazoratchi kabi xodimlar bilan bundan buyon aholini qiynayotgan muammoli vaziyatlarga hamkorlikda yechim topish ishlarni tashkil etish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.

Shuningdek statistika boshqarmasi boshlig‘i B.Batirov rahbarligida “G‘allakor” mahallasining 7-bo‘limidan Qabristonga olib boruvchi asosiy 1,5 km yo‘l hamda Qabristondan 3-Boyovut hududigacha bo‘lgan yo‘l tekislandi. Qabristonga olib boruvchi ko‘prik yon qismlari tekislanib, asosiy yo‘llarga sement  toshlar yotqazildi.

Ushbu ishlarni amalga oshirishda Boyovut tuman hokimligi tomonidan texnika vositalari uchun yoqilg‘i va maxsus texnika (greyder), Xovos tuman hokimligi tomonidan 11 mashina shag‘al hamda maxsus texnikalar bilan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

 

Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasi axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash