Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Mana, yangilanish fasli kelishi bilan ona-tabiatning o`zi zaminga sayqal beryapti. Yon-atrofni yashillikka burkamoqda, daraxtlar shoxlariga gulu chechaklar taqayotir. Lekin bahor nafasiga hamohanglik zarur.Tabiatning ishiga ham ko`mak kerak. “Navro`z”ning qadimiy falsafasi — shu! Qolaversa, bu umumxalq bayrami oldidan o`tkaziladigan an’anaviy xayriya hasharlarining asl mohiyatini ham yaqqol ifoda etadi.

Qadriyatda qadrimiz bo`lsin, deydi ota-bobolarimiz. Mana, o`sha qadriyatlarimiz qadr topadigan damlarga sanoqli kunlar qoldi.

 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan, joriy yil 14-15 mart kunlari mamlakatimiz bo`ylab “Obod yurt“ umumxalq obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish xayriya hashari o`tkazilmoqda.

 E’tibor bergan bo`lsangiz, bu yilgi hasharga alohida nom berilibdi — “Obod yurt”. Demak, kimki Vatan obodligiga munosib hissa qo`shishni istasa, marhamat, umumxalq ishiga doxil bo`lsin!

Аslida, bunday keng miqyosli obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish tadbirlari elning jipsligini sinovdan o`tkazadi. Shu sababli bo`lsa kerak, necha asrlarki, bu an’ana barhayot.

 Hashar deyilsa, yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo`lganlar belini mahkam bog’lab ezgu ishga otlanadi, shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining barcha ishchi xodimlari ham boshqarma atrof-muhitini obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirishga erta tongdan kirishib ketishdi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati  

.

 

Tugmani bosing Tinglash