Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

 Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida ham ayni karantin davrida xodimlarning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta'minlash borasida keng ko‘lamli ishlar bajarilayapti.

 Boshqarmada koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi. Viloyatdagi Sanitariya-epidemiologiya markazidan maxsus xodimlar jalb qilinib, boshqarma binosining barcha xonalari, kirish va chiqish yo'laklari dezinfeksiya vositalari bilan tozalandi.

 Shuningdek, har bir xodim doimiy ravishda niqobda yurishi, qollarini tez-tez dezinfeksiya vositalari bilan tozalashi, ozi va boshqalarning sog`ligini asrashda sanitariya qoidalariga qat'iy rioya qilishi alohida ta’kidlandi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi  axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash