Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar, tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar diqqatiga!!! 1-K shakli (oylik) tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang!!!

 Joriy yilning 2-iyul kuni “2022-yilda aholini ro‘yxatga olish dasturi va savolnomasi” loyihasini muhokama qilishga bag’ishlangan vebinar bo’lib o’tdi.

30- iyun – Yoshlar kuni! Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu sana munosabati bilan barcha O‘zbekiston yoshlarini tabrikladi.

Shu yilning 23- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasi Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi tomonidan “Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi istiqbollari” mavzusida navbatdagi vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning  22- iyun kuni Shveytsariyaning  Jeneva shahrida  videokonferensiya shaklida Yevropa statistlari konferensiyasining 68-yalpi majlisi (CES) o'z ishini boshladi.

Ma’lumot o’rnida eslatib o’tish joizki, CES dunyodagi  nufuzli statistik tashkilotlardan  biri bo’lib, 1953- yilda tashkil etilgan.

Tadbirda, Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida tarmoq boshqarma boshliqlari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.

22-24 - iyun kunlari bo'lib o'tadigan CES yig’ilishining kun tartibida  CES yangi yo'riqnomalari va tavsiyalari,  2020 va 2021- yillarda BMT YEIK statistika dasturlari delegatlar tomonidan ko'rib chiqiladi.

Shuningdek, globallashuv va iqtisodiy statistikaning kelajagi, raqamli transformatsiyani o'lchash, o'zgarayotgan  dunyoda NSO ma'lumotlarini boshqarish va boshqa ko'plab mavzular ko’rib chiqiladi.

CES ishtirokchilari xalqaro statistika standartlarini ko'rib chiqib, tasdiqlaydilar hamda ilg'or xalqaro amaliyot va statistika sohasidagi so'nggi tavsiyalar va yutuqlar bilan tanishadilar.

Tadbir yakunida 2021- yilga mo'ljallangan CES ning  ish rejasi, CES ning  amaliy tavsiyalari ishlab chiqiladi, bu milliy statistika institutlari faoliyatini strategik rejalashtirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Axborot xizmati

Endi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan statistik nashrlarga elektron to‘lov orqali buyurtma berishingiz mumkin.

Tugmani bosing Tinglash