Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2019 yil 11 avgust kuni – Qurbon hayiti mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanishi belgilandi.

Davlat statistika qo‘mitasi barcha vatandoshlarimizni muqaddas islom dinining ezgu g‘oyalarini, xalqimizning urf-odat, an’analari va qadriyatlarini o‘zida yaqqol ifoda etadigan, qadimiy bayramimiz – Qurbon hayiti bilan muborakbod etadi. O‘zaro mehr-oqibat, ezgulik va saxovat, millatlararo ahillik, bag‘rikenglik ramzi bo‘lgan mazkur ayyom Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun eng aziz va qadrli bayramlardan biri hisoblanadi.

Ana shunday ezgu g‘oyalarga mujassam bo‘lgan Qurbon hayiti avvalo, yurtimizga tinchlik-omonlik, xonadonlarimizga baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin!     

 

Axborot xizmati

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash