Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

2019-yil 15-avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Statistik tadqiqotlarda tanlanma kuzatuv usulining qo‘llanilishi” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik  tadqiqotlar markazi Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar kafedrasi dotsenti G‘.Ismoilov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – statistik tadqiqotlarda tanlanma kuzatuv  usulidan foydalanish samaradorligini yanada takomillashtirish hamda bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni  atroflicha muhokama qilish.

Seminar davomida mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar va ularning amaliyotda qo‘llanilishiga doir tushunchalar berildi.

Shuningdek, o‘rganilayotgan to‘plam birliklaridan tanlab olingan tanlanma haqidagi ma’lumotlar qay darajada haqiqatga yaqinligi va kutilgan natijani berganligini tahlil qilish borasida fikr almashildi.

 

Axborot xizmati

 

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash