Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Shimoliy Berdak” gazkondensat konidagi 81-sonli quduqda burgʻulash ishlari tugatildi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabariga koʻra, ushbu quduqning 2613-2598m, 2380-2376m, 2340-2332m intervallar oraligʻida perforatsiya qilindi. Natijada quduqdan kunlik 70 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.
Maʼlumot uchun: “Shimoliy Berdak” gazkondensat koni Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida joylashgan boʻlib, 2006-yilda ishga tushirilgan.

O`zA

 

Tugmani bosing Tinglash