Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar, tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar diqqatiga!!! 1-K shakli (oylik) tashkilot faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay taqdim etishni unutmang!!!

   

 Guliston shahar hokimi To‘lkinjon Tulyanovich Dadabaev boshchiligida, delegatsiya a’zolari bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasining Ivanovo shahrida joylashgan OOO “MIR teks” kompaniyasiga tashrif buyurishdi.

     Ushbu kompaniya trikotaj buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha eng oldi kompaniyalardan biri hisoblanadi. OOO “MIR teks” mahsulotlarini rivojlantirish bo‘yicha kompaniya direktori Olga Sheremeteva bilan suhbat o‘tkazildi.

     Uchrashuv jarayonida kompaniya bilan hamkorlik qilish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, OAO «Yarstroytexnika» direktori Sergey Sheldukov bilan suhbat o‘tkazildi.

    Eslatib o‘tamiz, ushbu zavod qurilish materiallarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kelajakda Sirdaryo viloyatida ham qo‘shma korxona ochilish takliflari ko‘rib chiqildi.

Sirdaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash