Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

     

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sayxunobod tuman Kengashi va siyosiy partiyalar ishtirokida “Saylov va yoshlar” mavzusida seminar o‘tkazildi.

    8-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda tumandagi siyosiy partiya rahbarlari, umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari, birinchi marotaba ovoz beruvchi yoshlar qatnashdi.

    Aholi, ayniqsa, yoshlar bugun O‘zLiDePning katta imkoniyatlarga ega partiya ekaniga ishonch hosil qilishmoqda,-dedi O‘zLiDeP Sayxunobod tuman Kengashi apparat rahbari Abdujabbor Ernazarov.- Har bir yigit-qizlarimizning partiyani qo‘llab-quvvatlashini yurakdan his qilib turibmiz, desam yanglishmayman. Aynan O‘zLiDeP ko‘magi bilan yuzlab yoshlar o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi. Yangi ish o‘rinlari yaratdi, bilim va malakasini oshirdi. Eng muhimi, yoshlar ushbu partiya orqali siyosiy qarashlarini ifoda etishi, davlatni boshqarishda ishtirok etishi mumkinligini anglab yetyapti va bu imkoniyatdan to‘la foydalanishga astoydil intilyapti. Ana shularning o‘zi ham  partiyamizning eng katta yutug‘idir.

    O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan respublika miqyosida o‘tkazilgan seminar treningda trener sifatida tayyorgarlikni o‘tib kelgan tumandagi 4-umumta’lim maktabi yetakchisi Ulug‘bek Jabborov yig‘ilganlarga “Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar” mavzusida o‘z ma’ruzasini taqdim etdi.

    Savollarga to‘g‘ri va aniq javob bergan faol yoshlarga O`zLiDeP tuman Kengashining esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Sirdaryo viloyati hokimyati Axborot xizmati

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash