Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

     Ko‘p kitob o‘qigan, ilmga chanqoq bo‘lgan kishining tafakkur doirasi ham yuksak bo‘ladi. Jumladan, Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimligi majlislar zalida “Kitobxonlik madaniyati” ga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

    Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri-bu yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni rivojlantirishdir.

    Bo‘lib o‘tgan anjumanda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon G‘anievich, Guliston shahar hokimi To‘lqinjon Tulyanovich, hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi raisining birinchi o‘rinbosari Muhammadjon Quronov qatnashdilar. Tadbirga tashrif buyurgan mehmonlarga kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shu bilan birgalikda, Sirdaryo viloyati hududida joylashgan 309 ta umuta’lim maktablariga 47 ta nomdagi o‘zbek va jahon adabiyoti asarlarining 20 ming nusxa kitoblari taqdim etilshi ta’kidlab o‘tildi.

Sirdaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

 

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash