Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

   

Bugun, 30 noyabr kuni Sirdaryo viloyati hokimligi majlislar zalida Italiya davlatining Pezaro-Urbino provintsiyasi delegatsiya a’zolarini viloyat hokimining o‘rinbosarlari D.Madirimov, O.Nosirov, Guliston shahar hokimi T.Dadabayev va tegishli viloyat tashkiloti rahbarlari qarshi olishdi.

   Muzokaralar davomida Pezaro shahrining OOO “V.Y.A” kompaniyasi haqida hamkorlar tomonidan batafsil ma’lumot berib o‘tildi. Eslatib o‘tish joizki, ushbu kompaniya qishloq xo‘jaligida va atrof-muhitda qo‘llaniladigan biotexnologiya maxsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Uchrashuv davomida Pezaro shahri, hamda Guliston shahar hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-gumanitar sohalarda hamkorlik qilish yuzasidan memorandum imzolandi. Ushbu jarayon o‘zaro hamkorlik aloqalarini keng rivojlantirish va yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Bundan tashqari, italiyalik hamkorlar tomonidan Sirdaryo viloyatiga uchinchi bor tashrif buyurayotganliklari va o‘z navbatida Sirdaryo viloyati delegatsiyasi ham Italiyaga tashrif buyurib, bir qator sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgani ta’kidlab o‘tildi.

                                                    Sirdaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

 

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash