Welcome to sirstat.uz   Click to listen highlighted text! Welcome to sirstat.uz Powered By GSpeech

     Shu kunlarda mamlakatimizning barcha tuman-shaharlari, ta’lim muassasalari hamda mehnat jamoalarida 3 dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Shu jumladan viloyatimizda ham ushbu bayram keng va yuqori tashkilotchilik bilan o‘tkazilmoqda.

    Bugungi bayramga yig‘ilganlarning jismonan nuqsoni bo‘lishi mumkin, lekin ular boshqa, yetti muchchasi sog‘, bekami ko‘st odamlarga qaraganda, ham ruhan, ham ma’nan tetik va kuchlidir.

    Aytish joizki, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning barcha sohada bo‘lgani kabi imkoniyati cheklangan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga ham bor e’tiborlarini qaratgan. Prezidentimizning 2017 yil 1 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra “nogiron” tushunchasi muomaladan chiqarilib, ular eng avvalo, inson ekanligini hisobga olgan holda umume’tirof etilgan “nogironligi bo‘lgan shaxs” atamasi kiritildi.

     Guliston shahridagi «Istirohat bog‘i”da “Bolalarni shod etaylik” nomi bilan o‘tkazilgan tadbirda 100 ga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etdi. Ularga barcha homiylar qatorida viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan ajratilgan sovg‘a-salomlar (badiiy kitoblar, yumshoq o‘yinchoqlar, kanselyariya mollari va futbol to‘plari) tantanali ravishda topshirilib, bojxona hamda boshqa jamoat tashkilotlari mutasaddilarining tabriklari yo‘llandi.

     Ushbu sahovat ishlari va tadbirlari viloyatimiz miqyosida davom ettirilmoqda.

Sirdaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

 

Мобильное меню

Tugmani bosing Tinglash