Kasaba uyushmasi raisi
|
---|
![]() |
SIRDARYO VILOYATI STATISTIKA BOSHQARMASI Kasaba uyushmasi raisiJurayeva Gulsara Meliyevna
|
Kasaba uyushmasi a’zolari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida
|
---|
Qo‘mitamiz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — xodimlar, ayniqsa kasaba uyushmasi a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy mehnat sharoitlarini yaratishdir. Bu borada izchil va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida zamonaviy kutubxona faoliyat yuritmoqda. Unda turli sohalarga oid adabiyotlar jamlangan bo‘lib, fond muntazam yangilanadi. Bu esa kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Xodimlar salomatligi doimiy e’tibor markazida. Qo‘mita huzuridagi tibbiy punktda birlamchi xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Zarur hollarda kasaba uyushmasi ko‘magida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar ham tashkil etilmoqda.
Mehnat samaradorligini oshirish maqsadida ish joylari zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan to‘liq jihozlangan. Bu xodimlarga o‘z vazifalarini sifatli va samarali bajarishga imkon bermoqda.
Yaratilgan ushbu shart-sharoitlar qo‘mita jamoasining farovonligini ta’minlash, mehnatga bo‘lgan qiziqishni oshirish va sog‘lom ish muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Bularning barchasi ijtimoiy sheriklik tamoyillariga tayangan holda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini kuchaytirishga yo‘naltirilgan.
Qo`mitamiz o‘z xodimlari uchun zamonaviy va qulay mehnat sharoitlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Xodimlarning sog‘lig‘i va jismoniy chiniqishini taʼminlash maqsadida zamonaviy sport zali tashkil etilgan bo‘lib, u barcha kerakli trenajyor va sport anjomlari bilan jihozlangan. Har bir xodim o‘z salomatligini mustahkamlash uchun ushbu sharoitlardan erkin foydalanish imkoniyatiga ega.
Kasaba uyushmasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar
|
---|
Kasaba uyushmasiga oid yangiliklar
|
---|