Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga respublikamizda 38 234 ta oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda.
Ularning soni yil boshidan buyon 1 969 taga oshgan.
Tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulushi 39,9 % - savdo sohasiga to‘g‘ri kelgan.
Ular sohalar kesimida quyidagicha:
savdo sohasida – 15 264 ta;
sanoat sohasida – 8 703 ta;
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 7 303 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 649 ta;
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 646 ta;
tashish va saqlash sohasida – 354 ta;
qurilish sohasida – 299 ta;
axborot va aloqa sohasida – 245 ta;
boshqa sohalarda – 2 771 tani tashkil etdi.