So'nggi yangiliklar

Sirdaryo viloyatida 2025- yilning 1- yanvar holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 8706 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 8 639 tani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Meva va sabzavotlar eksportining qiymat jihatidan eng katta hajmi Qozog‘iston davlatiga to‘g‘ri keldi (meva va sabzavotlar eksporti umumiy hajmining 38,8 %) tashkil qildi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar hajmi 68,0 mlrd so‘mni, 2023- yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 110,8 % ni, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 0,6 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida boʻlmagan xorijiy kredit va boshqa xorijiy investitsiyalar hisobidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 1 873,2 mlrd so‘mni (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 2,1 foizini), 2023- yilning mos davriga nisbatan 64,9 % ni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun: Fuqarolik obyektlarini qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulushi Mirzaobod tumani (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 45,4 %), Xovos tumani (33,9 %) va Guliston shahri (31,3 %) da kuzatildi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylari yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalari, treylerlar va yarim tirkamalar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 2,0 % ni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 90,1 martaga ko‘payib ishlab chiqarish hajmi 228,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2024- yilda kichik tadbirkorlik 18 720,5 mlrd so‘m (2023- yilda – 15 482,9 mlrd so‘m). YAHMdagi ulushi 68,2 % ni (2023- yilda – 65,9 %) tashkil qildi.

Tuman va shaharlarda tadbirkorlar uchun o‘quv seminarlari tashkil etilayotganligi to‘g‘risida xabar bergan edik. Navbatdagi o‘quv seminarlari joriy yilning 5- fevral kuni Viloyat statistika boshqarmasi malakali xodimlari tomonidan Boyovut va Sayxunobod tumanlarida tashkil etildi.