So'nggi yangiliklar

2022– yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 76,9 ming t. sabzavotlar yetishtirildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida ulgurji savdo tovar aylanmasi 1 133 778,6 mln. so‘mni tashkil etdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning savdo tovar aylanmasi 94 779,4 mln. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida, 2 607,3 ming AQSh dollari qiymatidagi 6 510,2 tonna meva va rezavorlar eksport qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida aholini roʻyxatga olish tadbirining oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yil yakunlariga koʻra jami 5,1 mln tonna koʻmir ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha soʻnggi 5 yil davomida eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yil yakunlariga koʻra jami 147,4 ming tonna sharbat ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha soʻnggi 5 yil davomida eng yuqori koʻrsatkich 2018-yilda 165,4 ming tonna qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 55,9 mlrd. so'mni, o'sish sur`ati 107,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 1 112,6 milliard so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 83,2 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida 3879,7 mlrd. so'm yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning 152,9 % xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 2376,3 mlrd. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 43,1 % ini) tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida aholini roʻyxatga olish tadbirining oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati filiali tomonidan viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlariga seminar tashkil qilindi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga jami 52 417 ta sport inshootlari tashkil etilgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha tashilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 3 476,6 ming tonnani tashkil etdi. Ulardan 3 367,7 ming tonna yuk temir yoʻl transporti orqali (jami yuk hajmiga nisbatan 97,0 %), avtomobil transporti orqali esa 108,9 ming tonna yuk tashilgan (jamiga nisbatan 3,0 %).

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi avtobus va mikroavtobuslar 491 donani tashkil etib, shulardan 59,9 % (294 dona) Oʻzbekistonda, 40,1 % (197 dona) boshqa chet el mamlakatlarida ishab chiqarilgan.

2022– yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 313,5 ming t. donli ekinlar ishlab chiqarildi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish tashkilotlarining savdo aylanmasi 49 689,9 mln. so‘mga yetdi.

2022- yilning yanvar-iyun oylarida Sirdaryo viloyatida Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 8 414,2 ming AQSh dollariga teng 17 798,4 tonna sabzavot eksport qilindi.