So'nggi yangiliklar
19/04/2023 • So'nggi yangiliklar
Sirdaryo viloyatida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sugʻurta va nafaqa taʼminoti boʻyicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 93,9 % ni tashkil etdi. Sugʻurta xizmatlarining ulushi 3,9 % oraligʻida qayd etildi. Moliyaviy va sugʻurtalash xizmatlariga nisbatan yordamchi xizmatlarning ulushi umumiy hajmning 2,2 % ni tashkil etdi.
Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil yanvar-fevral oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarning umumiy hajmida oziq-ovqat va ichimliklar bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlarning ulushi 85,0 % bilan ustunlik qildi. Yashash xizmatlari ulushi 15,0 % ni tashkil etdi.
18/04/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning 1-aprel holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 1 652 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 12,2 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 623 taga to‘gri keldi.
Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida 12 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,2 mln AQSH dollariga teng boʻlgan paypoq eksport qilgan.
18/04/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 18- aprel kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U.Elmuratov uy xoʻjaliklari kuzatuv jarayonida olinayotgan maʻlumotlarning haqqoniyligi va sifatini taʻminlash maqsadida...
18/04/2023 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 3,4 ming tonna muzlatilgan mevalar va yongʻoqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7-martaga oshgan.
18/04/2023 • So'nggi yangiliklar
Sirdaryo viloyatida 2023- yil 1- mart holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 1 447 tani tashkil etib, 2022- yil 1- mart holatiga nisbatan 148 taga ko‘paygan, o‘sish sur’ati 111,4 % tashkil etgan. Shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 24 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 423 tani tashkil qildi.
18/04/2023 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 47,1 % ni tashkil etdi.
2023- yil yanvar-fevral oylarida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlarimiz Rossiya, XXR, Qozog‘iston, Turkiya, Qirg‘iz Respublikasi, Afg‘oniston va Tojikiston kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy Eksportdagi ulushi 95,3 % ni tashkil etdi.
18/04/2023 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 266,0 tonna tozalangan soya yogʻi ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022- yilning tegishli davriga nisbatan 12,1-martaga oshgan.
18/04/2023 • So'nggi yangiliklar
Sirdaryo viloyatida 2023- yilning o‘tgan davrida moliyaviy xizmatlarning umumiy xizmatlar hajmidagi ulushi 34,2 % ni tashkil etdi. Taqqoslash uchun: 2022- yilning yanvar-fevral oylarida ularning ulushi 34,8 % ni tashkil etgan.
18/04/2023 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning yanvar-fevral oylarida koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 1 630,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Ushbu xizmatlarning koʻrsatilgan bozor xizmatlari jami hajmidagi ulushi 2,6 foizni tashkil etdi.
17/04/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 17- aprel kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining oʻrinbosari B.Maxkamov uy xoʻjaliklari kuzatuv jarayonida olinayotgan maʻlumotlarning haqqoniyligi va sifatini taʻminlash maqsadida
Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha o‘zaro taqqoslanganda, MCHJ va xususiy korxonalardan keyin - uchinchi o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2023-yil 1-aprel holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 9,8 foiz ulushini tashkil etdi. Ularning dinamikasi esa so‘nggi yillarning mos davriga quyidagicha:
17/04/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar va tashkilotlar jami soni 171 ta bo‘lib, 2023- yilning yanvar-mart oylarida ushbu sohada 15 ta korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etilib ularning 14 tasi kichik tadbirkorlik subyektlaridir.
17/04/2023 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasida kuzatilgan uy xo‘jaligi a’zolaridan jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ulushi 62,3 % ni tashkil etdi, shundan erkaklar - 67,3 %, ayollar - 57,3 % tashkil etmoqda.
17/04/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 14-aprel kuni Viloyat statistika boshqarmasida “Yangi Oʻzbekiston uchun maʼsulmiz!” mavzusida navbatdagi maʼnaviyat soati oʻtkazildi.
17/04/2023 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida oliy taʼlim sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 1,2 trln. soʻmni yoki taʼlim sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 52,2 foizini tashkil etdi.
419-sahifa 558 dan