So'nggi yangiliklar

Sirdaryo viloyatida 2022- yil yanvar-avgust oylarida import tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar hajmi 111 286,9 ming AQSh dollarini tashkil etib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 22,3 foizga ko‘paydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 37,5 % ga yetdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 23 ta davlatga qiymati 45 mln. AQSH dollariga 59 ming tonna mosh eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyatida kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 76,1 mlrd. so'mni, o'sish sur`ati 108,0 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil 1-oktyabr holatiga respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 768 tani tashkil etgan.

Sirdaryo viloyatida 2022- yilning yanvar-avgust oylarida, kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 2244,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 30,8 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan 17,3 ming tonna sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Sirdaryo viloyatida 2022- yil 1- sentabr holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari va tashkilotlari soni 1 633 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,0 % ga oshdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida 3,6 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyatida import hajmi 297 012,5 ming AQSh dollarini tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika boʻyicha 681 760 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyatida ijara xizmatlari hajmi 76,6 mlrd. so'mni, o'sish sur`ati 131,2 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 5,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 110 810 dona changyutgichlar import qilingan.

Sirdaryo viloyatida 2022- yilning yanvar- avgust oylarida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan 1257,0 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Sirdaryo viloyatida 2022- yilning yanvar–avgust oylarida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 5 352,0 ming AQSh dollari qiymatidagi 13 038,1 tonna meva va rezavorlar eksport qilindi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 1-oktyabr holatiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga safar maqsadlari:

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 12 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 32,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 130,2 ming tonna karam eksport qilgan.

2022- yilning yanvar-avgust oylarida Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 69,3 mlrd. so'mni tashkil etdi. O'sish sur`ati 111,5 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida respublika boʻyicha 197013 ta nikoh holatlari qayd etilgan.