So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining YaHM dagi ulushi 57,5 % ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 16,0 birlikni tashkil qildi.

2022- yil 1- aprel holatiga viloyat bo‘yicha qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 1 623 tani tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2022- yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2989,8 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 227,4 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida, Sirdaryo viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 43,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2022– yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1011,8 t. (2021– yilning mos davriga nisbatan 100,9 % ga) baliq ovlandi.

Sirdaryo viloyatida 2022– yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 35,9 mln.dona tuxum (2021– yilning mos davriga nisbatan 106,7 % ) ishlab chiqarildi.

Sirdaryo viloyatida 2022 – yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 54,0 ming t. sut (2021– yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

2022– yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida 2022– yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 14,6 ming t. go‘sht (2021– yilning yanvar-martiga nisbatan 104,9 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi 203,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida 68 905 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida Aholini ro‘yxatga olish tadbirining o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2022– yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1,4 ming t. sabzavotlar (2021– yilning yanvar-martiga nisbatan 14,5 % ga ko‘p) yetishtirildi. Sabzavot yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sabzavot yetishtirish umumiy hajmidan 69,8 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

Sirdaryo viloyatida 2022– yilning yanvar-mart oylarida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 831,2 mlrd. so‘mni yoki, 2021– yilning mos davriga nisbatan 104,2 % ni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 91,6 % ni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2022– yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 76,1 mlrd. so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 105,5 % ni tashkil etdi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 8,4 % ni tashkil qildi

2022– yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 907,3 mlrd. so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 104,3 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari– 76,1 mlrd. so‘mni (105,5 %), chorvachilik mahsulotlari – 831,2 mlrd. so‘mni (104,2 %) tashkil qildi.

2022– yilning yanvar- mart oylarida, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining eng yuqori hajmi Boyovut (167,9 mlrd. so‘m) va Sayxunobod (143,4 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 – yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 1037,2 mlrd. so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 104,1 % ni, shu jumladan