So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida Aholini ro‘yxatga olish tadbirining o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarorining bajarilishi yuzasidan Joriy yilnning 11-may kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i R.Abdusamiyev tomonidan Sirdaryo viloyati Shirin shahar “Bunyodkor” mahallasining sxematik xaritasini o‘rganish ishlari olib borildi.

2022-yilning 11-may kuni soat 15:00da Toshkent shahridagi Milliy matbuot markazida “Qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik jarayonlari” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1057,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 26,6 % ni tashkil etib, ishlab chiqarish hajmi 364,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2021– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni – 763 006 taga (34,3 %) ko‘paydi.

2021– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlar bosh soni – 457 taga (3,1 %) ko‘paydi.

2021– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni – 17352 boshga (4,1 %) ko‘paydi.

Sirdaryo viloyati statistika hamda viloyat turizm boshqarmalari hamkorligida Sirdaryo viloyati hududiga kirish va chiqishga oid turizm bo‘yicha tanlanma kuzatuvlar o'tkazilishi belgilangan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qiymati 28,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 92,6 ming tonna bug‘doy uni import qilingan.

2022-yilning yanvar-mart oylarida viloyat korxonalari tomonidan 2816,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 113,7 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining YaHM dagi ulushi 57,5 % ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 16,0 birlikni tashkil qildi.

2022- yil 1- aprel holatiga viloyat bo‘yicha qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 1 623 tani tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2022- yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2989,8 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 227,4 % ni tashkil etdi.