O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyatining Xovos tumani Oqchangal hamda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa mahallalarida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri boshlandi.







Mazkur jarayonda “Mahalla yettiligi” tarkibiga kiruvchi mas’ul xodimlar tomonidan har bir xonadonda yashovchi aholining soni, yashash sharoiti, shuningdek qishloq xo‘jaligida mavjud yer maydonlari va chorva mollari va boshqa ma’lumotlar aniqlanmoqda.



