27/10/2025

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli “Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyatining tuman va shaharlarida ichki ishlar bo‘limi xodimlari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

   Mazkur seminarlar aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini samarali o‘tkazish, unda ichki ishlar organlari xodimlarining ishtirokini muvofiqlashtirish hamda ularning statistik ma’lumotlarni to‘plash jarayonidagi o‘rni va vazifalarini tushuntirishga qaratilgan.

   O‘quv-seminarlarda ishtirokchilarga ro‘yxatga olishning asosiy tamoyillari, so‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi, xonadonlarga tashrif buyurish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar hamda aholiga tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berilmoqda.