Viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6 va 10-noyabrdagi PF-240 va PF-242-son Farmonlarini oʻrganish boʻyicha navbatdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
2026-yil 6-noyabrdagi “Volontyorlik faoliyatini yanada ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-240-son Farmoniga asosan volontyorlik faoliyati “Ezgulikka qadam” shiori ostida umummilliy harakat sifatida rivojlantirilishi, “Fidoyi volontyor” koʻkrak nishoni taʼsis etilishi, 5-dekabr – Xalqaro volontyorlar kuni deb belgilanishi, Osiyo volontyorlar forumi muntazam oʻtkazilishi va boshqalar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
2026-yil 10-noyabrdagi “Inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-242-son Farmoni bilan Milliy dasturlarning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari va 2027-2031-yillarda Milliy dasturlarni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Shuningdek, Milliy dasturlarni amalga oshirishning asosiy maqsadlari belgilandi.






