Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–oktyabr oylarida 61 736 nafar chet el fuqarosi davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Ularning davlatlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:
- Tojikiston — 29 805 nafar;
- Qirg‘iz Respublikasi — 18 270 nafar;
- Qozog‘iston — 9 590 nafar;
- Afg‘oniston — 2 093 nafar;
- Rossiya — 1 716 nafar;
- Boshqa davlatlar — 262 nafar.




