20/11/2026

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-noyabr holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 23 501 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

  • Savdo sohasida — 8 473 ta;
  • Sanoat sohasida — 4 493 ta;
  • Axborot va aloqa sohasida — 1 991 ta;
  • Qurilish sohasida — 1 955 ta;
  • Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida — 1 021 ta;
  • Tashish va saqlash sohasida — 742 ta;
  • Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida — 603 ta;
  • Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida — 277 ta;
  • Boshqa sohalarda — 3 946 ta.