28/11/2026

     Joriy yilning 27-noyabr kuni boshqarmaning tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2026-yil 13-noyabrdagi 101-sonli buyrugʻi hamda Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-noyabrdagi 629-son qarori mazmuni boʻyicha oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

     Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining buyrugʻi bilan “Davlat organlari va tashkilotlarining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan korrupsiya holatlari hamda ularning oldini olish yuzasidan tekshiruvlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi. Ushbu Nizom komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, davlat ishtirokidagi korxonalarda korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash va ularning oldini olish yuzasidan tekshiruvlarni tashkil etish tartibini belgilaydi.

     Vazirlar Mahkamasining 629-son qarori bilan Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi. Endilikda davlat organlari oʻz buyruqlari bilan yigʻimlar va litsenziyalarni joriy eta olmaydilar.