So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 3,7 % ni, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 17,0 % ga ko‘payib ishlab chiqarish hajmi 327,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra parrandalar savdosi 0,8 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida xodimlar Statistika agentligi tomonidan tashkil etilgan test sinovlaridan oʻtmoqda.

 2024- yilning 1- noyabr holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni  3 756 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 31,2 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 3 750 taga to‘gri keldi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida otlar savdosi 19,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 26,8 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 17,0 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 12,3 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi  173,6 mlrd so'mni, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 114,0 % ni, bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 1,9 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 8,4 % ni, fizik hajm indeksi 142,9 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 738,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.