So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 366,0 mlrd so‘m yoki ularning jamiga nisbatan ulushi 13,7 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 216,9 mlrd so'mni tashkil etdi. 2023- yilning mos davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 105,6 % ni, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 2,4 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, har-xil yoshdagi qora mollar savdosi 232,0mlrd so‘mni tashkil etdi.

Viloyat eksporti tarkibida eng yuqori ulushni Sirdaryo tumani 26,0 % bilan 56,7mln AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa Shirin shahri 0,9 % bilan 2,0 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida kiyim ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 3,7 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 99,9 % ni va ishlab chiqarish hajmi 328,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Xovos tumani statistika boʻlimida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazilmoqda. Masʼul xodimlar tadbirkorlar bilan uchrashib, ularga statistika maʼlumotlarini yigʻish usullari, taqdim etish tartibi va muddatlari, shuningdek, statistika boʻlimida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bermoqda.

2024- yilning 1- noyabr holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan qishloq o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxona va tashkilotlari soni  2 004 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 16,7 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 1 982 taga to‘gri keldi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida MDH mamlakatlariga 84,9 mln AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinib, jami eksportning 38,8 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 287,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.