So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 29- noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida boshqarma boshligʻi oʻrinbosari S.Yaxyayev raisligida “Huquqiy bilimlar kuni” hamda “Konstitutsiyaviy huquq oyligi” doirasida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida insonning huquq va erkinliklari” mavzusida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi boshligʻi S. Axmedov ishga kirish istagini bildirgan nomzodga ochiq mustaqil tanlov toʻgʻrisida tushuntirishlar berdi.

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning 1- noyabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 10 000 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 9 931 tani tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, savdo aylanmasi hajmi 130,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Bunda asosiy yirik hajm yangi uzilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga (58,0 mlrd so‘m) to‘g‘ri keldi.

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar-oktabr oylarida 218,6 mln AQSh dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilindi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 188,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 109,6 % ni, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 2,1 % ni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar-oktabr oylarida yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 530,3 mlrd so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 19,9 % ni tashkil etdi. 

2024- yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 1,1 % bo‘lib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan fizik hajm indeksi 3,5 martani tashkil etdi va ishlab chiqarish hajmi 94,7 mlrd so‘mga to‘g‘ri keldi.