So'nggi yangiliklar
23/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 22- sentabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlik statistikasi bo‘limi tomonidan tuman va shahar statistika xodimlariga tadbirkorlik tushunchasi va tarixi, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarkibi va hisobotni taqdim etish tartibi, tadbirkorlik statistikasining asosiy moliyaviy koʻrsatkichlari, iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflash va statistika hisobotlari shakllari boʻyicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
23/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Viloyat tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Sirdaryo tumani 35,6 % ulush bilan 163,7 mln AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa Shirin shahri 0,5 % ulush bilan 2,5 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 1 639,2 mlrd so‘mni, o'sish sur`ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 107,4 % ni tashkil etdi. Jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi 20,8 foizni tashkil etdi.
23/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning 1- oktabr holatiga, reklama faoliyati va bozor konyunkturasini o‘rganish sohasida 1 623 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda.
23/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik qurilish ishlari boʻyicha yangi qurilishning jamidagi ulushi 34,2 % ni, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa bu koʻrsatkich 46 % ni tashkil etgan.
23/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 9 391,7 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
23/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 22- oktabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Statistik registrlarni yuritish bo‘limi tomonidan, tuman va shahar statistika xodimlariga korxona tashkil qilish va uning faoliyatini to‘xtatishni soddalashtirilgan tartibi to‘g‘risida idoraviy hujjatlar tanishtirilib, tushuntirib berildi. Yangi tashkilot tashkil qilish, tashkilotni tugatish tartiblari misollar yordamida ko‘rsatildi.
23/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 67,6 % to‘g‘ri keldi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2023- yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni tashkil etgan holda 2 138,5 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.
23/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida asosiy kapitalga investitsiyalarning tarkibida 84,6 % yoki 7 390 mlrd so‘m investitsiyalar jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirildi.
23/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Yirik shoxli qoramollar uchun ozuqa, tonna - 540,0
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Statistika agentligining 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 57 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 33,2 trln so‘mni tashkil etgan.
23/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar–iyun oylarida respublikadagi qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan jami 95,7 ming tonna (tirik vaznda) goʻsht yetishtirilgan.
2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining doimiy aholisi soni 926719 kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 12692 kishiga yoki 1,4 % ga ko‘paydi. Jumladan;
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-avgust oylarida ijara xizmatlari 5 811 mlrd soʻmni tashkil etgan.
Sirdaryo viloyatida 2024– yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 10 722 mlrd so‘mni yoki 2023- yilning mos davriga nisbatan 100,1 % ni tashkil etdi.
22/10/2024 • So'nggi yangiliklar
2024- yilning yanvar - sentabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari jami 1 522 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, ular hududlar kesimida quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:
22/10/2024 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 22- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlimi xodimlari uchun investitsiyalar va qurilish statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.
97-sahifa 555 dan