So'nggi yangiliklar

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, O’zbekistonda 2024- yil 1- oktabr holatiga 402 802 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik qurilish ishlari boʻyicha yangi qurilish hisobidan 25,9 trln soʻmlik, kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha esa 35 trln soʻmlik ishlar bajarilgan.

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 3 939,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 109,6 % ni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyati jahonning 46 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Rossiyada (17,2 %), XXRda (23,0 %), Afg‘onistonda (16,5 %), Qozogʻistonda (27,8 %),Turkiyada (2,6 %) va Hindistonda (1,1 %) qayd etilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 10 525,1 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, statistika agentligining 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar o‘rtacha soni 177 tani tashkil etdi.

Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikadagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida mavjud otlar soni 191,9 ming boshni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 332,6 mlrd so‘mni, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 4,2 % ni, 2023- yilning mos davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 116,4 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 490,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko'rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2023- yilning mos davriga nisbatan 88,7 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatda jami 8 731,4 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 76,7 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 8003,1 mlrd so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlari hajmidagi ulushi 56,1 % ni tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining YAHM hajmi 4,2 % ga o‘sdi va 19 267,8 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 151,1 trln so‘mni tashkil etgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yilning 1- oktabr holatiga 647 297 ta ta kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024- yil yanvar-avgust oylarida respublikada koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 9 314 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Joriy yilning 21- oktabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida Demografiya, mehnat va gender statistikasi boʻlimi tomonidan, tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari uchun, demografiya va mehnat statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, YUNESKO statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga dunyo boʻyicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni 6 859,4 ming nafarga yetgan.  

Joriy yilning 21- oktabr kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi tomonidan, tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari uchun, 1-umumta’lim hisobotlari shakllarini qanday to‘ldirish jumladan, o‘quvchilarni bir yil ichida boshqa maktabga ketish va boshqa maktabdan kelish bo‘yicha tushuchalar berildi.