So'nggi yangiliklar

2022-yilning yanvar-mart oylarida viloyat korxonalari tomonidan 2816,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 113,7 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-martida kichik tadbirkorlik subyektlarining YaHM dagi ulushi 57,5 % ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 16,0 birlikni tashkil qildi.

2022- yil 1- aprel holatiga viloyat bo‘yicha qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 1 623 tani tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2022- yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2989,8 mlrd. so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 227,4 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida, Sirdaryo viloyatida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 43,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2022– yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1011,8 t. (2021– yilning mos davriga nisbatan 100,9 % ga) baliq ovlandi.

Sirdaryo viloyatida 2022– yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 35,9 mln.dona tuxum (2021– yilning mos davriga nisbatan 106,7 % ) ishlab chiqarildi.

Sirdaryo viloyatida 2022 – yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 54,0 ming t. sut (2021– yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

2022– yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida 2022– yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 14,6 ming t. go‘sht (2021– yilning yanvar-martiga nisbatan 104,9 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi.

2022- yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi 203,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida 68 905 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida Aholini ro‘yxatga olish tadbirining o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

2022– yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1,4 ming t. sabzavotlar (2021– yilning yanvar-martiga nisbatan 14,5 % ga ko‘p) yetishtirildi. Sabzavot yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, sabzavot yetishtirish umumiy hajmidan 69,8 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

Sirdaryo viloyatida 2022– yilning yanvar-mart oylarida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 831,2 mlrd. so‘mni yoki, 2021– yilning mos davriga nisbatan 104,2 % ni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 91,6 % ni tashkil etdi.