So'nggi yangiliklar

Viloyatimizda 2022-yilning yanvar-mart oylari holatiga jami 1338 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Davlat statistika qo’mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko’ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O’zbekiston 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,5 mln. AQSH dollariga teng bo’lgan 455 ta elektromobil import qilgan.

“Kitobxonlik haftaligi-2022” doirasida Alisher Navoiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda buyuk mutafakkir shoir Hazrat Mir Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “So‘z mulkining sultoni” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Yaxyayev boshchiligida, narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i S.Axmedovlar tomonidan, tuman va shahar narxlarini o‘rganuvchi registratorlariga, oylik iste’mol narxlari indeksi kuzatuvi va haftalik  5 do‘kon va 5 bozor kuzatuvlarini olib borish bo‘yicha o‘quv amaliy seminar o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyatida 2022-yil yanvar-mart oylarida yuqori o'sish sur'atini ta'minlagan hududlar (TOP 3 TALIK)

Sirdaryo viloyati bo'yicha yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi va o'sish sur'atlari infografikasi ( 2022-yil yanvar-mart )

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2023- yilda Respublikamizning barcha hududlarida Aholini ro‘yxatga olish tadbirining o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Viloyatimizda 2022-yilning 1-aprel holatiga ko'ra, 5422 nafar tug'ilish qayd etilgan.

2022-yilning  15-aprel kuni viloyat statistika boshqarmasida tizim xodimlari o‘rtasida ma'naviy va ma'rifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo'yicha yaratilgan "Yo'l xaritasi" ga asosan "Milliy qadriyatlar - yot g'oyalarga qarshi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi "Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish" bo'limi xodimlari tomonidan, texnikum talabalariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g‘risida"gi 710-son qarorining bajarilishi yuzasidan, aholini ro'yxatga olishning maqsad va vazifalari tushuntirildi.

Tadbirni boshqarma boshlig‘i B.Batirov kirish so‘zi bilan ochib, xalq tilida soddagina qilib - poraxo‘rlik, keng ma’noda korrupsiya, deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan, uni keltirib chiqaruvchi sabab va unga qarshi kurash choralarini bilishimiz lozim bo‘ladi. Aslida korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–46-son Farmonida bu borada aniq vazifalar belgilab berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etish, va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusning uchinchisi - Aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan kasb-hunarga o'qitish ishga marhamat Monomarkazida kasb-hunar o'rganayotgan talabalarga, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi "Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish" bo'limi xodimlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g‘risida"gi 710-son qarorining bajarilishi yuzasidan, joriy yilning 15-aprel kuni  seminar tashkil qilindi.

2022-yilning 10-aprel holatiga ko‘ra, Viloyatimizda doimiy aholi soni 883040  kishini tashkil etgan.

 2022-yilning 1-aprel holatiga ko ‘ra, Viloyatimiz tuman,shaharlarning doimiy aholisi soni quyidagicha:

Sirdaryo viloyatida savdo sohasida  faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni