So'nggi yangiliklar

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi
150 608,3 mln. so‘mni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning oktabr oyida respublika boʻyicha 85 306 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning 1- oktabr holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni 3 342 039 tani tashkil etib, yil boshidan ularning soni 290 305 taga koʻpaydi.

Mеva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibiga qaralsa, Sirdaryo viloyatida 2022- yilning yanvar–sentabr oylarida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 14 058,1 ming AQSh dollariga teng 22 244,4 tonna sabzavot eksport qilindi.

2022- yilning yanvar–sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 132,3 mlrd. so‘mga yetdi. O'sish sur`ati 110,2 % ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida 24 ta xorijiy davlatdan qiymati 31,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 23,6 ming tonna choy import qilgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra, mamlakat aholisining mobil aloqa bilan taʼminlanganlik darajasi 73,3 % ni tashkil etmoqda.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021/2022- o‘quv yili boshiga ko‘ra, mamlakatimiz kasb-hunar maktablarida 9,9 ming nafar o‘qituvchilar bo‘lib, shundan 5,0 (50,5%) ming nafari ayol o‘qituvchilar, 4,9 (49,5 %) ming nafarni esa erkak o‘qituvchilar tashkil etgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 4 931,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 2,8 barobar o‘sishni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning oktabr oyida limon narxlarining oʻrtacha darajasi 2021-yilning oktabridagi oʻrtacha darajadan 2,0 % ga past boʻldi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4,8 mln. dona keramik xom gʻishtlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 183,5 % ni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 0,9 % ni, fizik hajm indeksi 57,8 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 43,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 8- noyabr kuni Viloyat statistika boshqarmasida 2022- yil 3-chorak yakunlari bo‘yicha boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yig`ilishi o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyatida 2022- yil 1- oktabr holatiga ko‘ra, Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari soni 2 457 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 % ga oshdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, mamlakatimizda 2022- yilning 1- oktabr holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 20 010 ta, jami korxona va tashkilotlar ulushining 3,5 foizini (577 994 ta) tashkil etdi. Shunda ularning so’nggi besh yildagi o‘sish dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks topdi:

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 9 oyi natijalariga koʻra, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning yoʻlovchi tashish xizmatidan 6 757,2 ming kishi foydalangan. Bu esa 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida tashilgan yoʻlovchilar sonidan 918,8 ming yoʻlovchiga yoki 15,7 % ga koʻp demakdir.