So'nggi yangiliklar

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida ijtimoiy sohadagi eng muhim faoliyatlardan biri hisoblangan turar-joy qurilishi faoliyati bo'yicha barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 17,1 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, jami investitsiyalar hajmidagi ulushi 9,0 % ni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1 983,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarildi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 443,8 mln. dona ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari uchun shisha idishlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 115,8 % ni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida korxona va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar – 802,5 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 9,4 % ini tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning 1- yanvar holatiga ambulatoriya-poliklinika muassasalari soni jami 6676 tani tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkichni 2017- yilga nisbatan taqqoslaganda (2017-yil 5296 ta) 1380 taga ko‘payganini kuzatish mumkin.

2022-yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 29,8 % ni tashkil etib, ishlab chiqarish hajmi 1426,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2022– yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 7877,5 mlrd. so‘mni yoki o'tgan yilning mos davriga nisbatan 103,5 % ni, tashkil qildi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yil yanvar-sentabr oylari yakuniga, Toshkent metropolitenida jami 94 418,3 ming yo‘lovchi tashilgan bo‘lib, o‘rtacha bir kunda metropoliten transporti xizmatidan 345,8 ming nafar yo‘lovchilar foydalangan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning oʻrtacha narxlari (2022-yil oktyabr oyi uchun):

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022-yilning sentyabr oyida 448 ta Tracker avtomobili ishlab chiqarilgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 26,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan gilam eksport qilgan.

2022- yilning 1-oktabr holatiga, Sirdaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni- 414 tani, shundan faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni - 363 tani tashkil qilmoqda.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan jami 3,1 ming tonna chinni idishlar ishlab chiqarilgan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha 1-bozor va 1-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 107 111,4 mln. so‘mni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston 7 ta davlatga qiymati 7,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 18,3 ming tonna olma eksport qilgan.

2022- yil yilning yanvar-sentabr oylarida Sirdaryo viloyatining eksportyorlari soni 165 tani tashkil etib, ular tomonidan 226 407,1 ming AQSh dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi.

2022- yilning yanvar - sentabr oylarida Sirdaryo viloyatida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi 87,1 mlrd. so'mni tashkil etdi. O'sish sur`ati 103,9 %ni tashkil etdi.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yil yanvar-sentyabr oylarida respublikamizda 2,6 mln. tonna kartoshka yetishtirilgan.