Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 3,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijiy davlatlarga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 ming nafarga oshgan.
2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p tashrif buyurgan TOP-10 davlat:
Qirg‘iz Respublikasi — 1 547 589 nafar
Qozog‘iston — 667 722 nafar
Tojikiston — 619 515 nafar
Rossiya — 183 759 nafar
Saudiya Arabistoni — 153 591 nafar
Turkiya — 127 241 nafar
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) — 41 780 nafar
Xitoy — 36 502 nafar
Misr — 25 905 nafar
Vyetnam — 23 409 nafar




