02/10/2026

       Joriy yilning 2-oktyabr kuni boshqarmaning tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida navbatdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari” mazmuni boʻyicha soʻz yuritildi. Jumladan, boshqarma bosh mutaxassisi G.Ismoilova ushbu qoidalar asosida davlat xizmatchilari oʻz kasbiy faoliyatini amalga oshirishi shart boʻlgan prinsiplar, davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning umumiy qoidalari, kasbiy madaniyatga va xizmat faoliyatiga oid odob-axloq qoidalari va hujjatda belgilangan boshqa qoidalar toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtdi.

       Oʻquv mashgʻuloti savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.