16/10/2026

Joriy yilning 16-oktabr kuni boshqarmaning tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-345-son qarori va uning ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 518-son qarori muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda ushbu hujjatlarga asosan davlat organlari va tashkilotlarida qanday xavfsiz ish muhitini taʼminlash choralari koʻrilishi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.