So'nggi yangiliklar

Uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib, yoshlarga ibrat bo‘lib kelayotgan fidoyi xodimlar doimo e’tirofda.

2025-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 6 092,1 ming so‘mni tashkil etdi.

2025-yilning yanvar-mart oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 79,6 mlrd so‘mni, 2024-yilning mos davriga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 114,2 % ni, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 2,8 % ni tashkil etdi.

Viloyat tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Sirdaryo tumani 30,4 % ulush bilan 56,4 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

2025-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ulushi 0,2 % tashkil qilgan holda fizik hajm indeksi 174,8 foizga oshib, ishlab chiqarish hajmi 5,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2025-yilning yanvar-mart oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 62,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati 103,4 % ni, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 2,2 % ni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyati jahonning 40 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXR da (34,9 %), Rossiyada (18,3 %), Qozogʻistonda (20,2 %), Turkiyada (2,0 %) va Afg‘onistonda (13,7 %) qayd etildi.

2025-yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida savdo xizmatlari hajmi 445,9 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati 110,5 % ni, ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 15,9 % ni tashkil etdi.