So'nggi yangiliklar

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 414,3 ming tonna sut yetishtirildi.

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi (motorli transport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat ko‘rsatishdan tashqari) 543,8 mlrd so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 54,0 % ga oshdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida import tarkibida sanoat mahsulotlari tovarlari hajmi 30,2 mln AQSh dollarini tashkil etib, importning umumiy hajmidagi ulushi 7,7 % ga yetdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida, Sirdaryo viloyatida ishlab chiqarish sanoatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2 902,0 mlrd so‘mni, jami invetitsiyalar hajmidagi ulushi 26,5 % ni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun: davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmida eng yuqori ulush Xovos tumanida (ushbu hududdagi qurilish ishlari umumiy hajmining 26,5 %), Oqoltin tumanida (ushbu hududdagi qurilish ishlari umumiy hajmining 20,4 %) va Guliston  tumanida (ushbu hududdagi umumiy qurilish ishlarining 10,8 %) qayd etildi.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan chiqindilarni yig‘ish, ishlov berish, yo‘qotish, utilizatsiya qilish bo‘yicha xizmatlarda 38,9 % ga ko‘paydi.