Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida jami 1,6 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Yaponiyaga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 651 nafarga yoki 71,9 % ga oshgan.
Joriy yilning birinchi yarmida Yaponiyaga borgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
sayohat – 1 249 nafar
qarindoshlarni yoʻqlash – 176 nafar
oʻqish – 100 nafar
xizmat yuzasidan – 27 nafar
davolanish – 4 nafar