22/08/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonga 10 ta xorijiy mamlakatlardan qiymati 7,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 17,4 ming tonna apelsin import qilingan.

   2025-yilning 7 oyida Oʻzbekiston eng koʻp apelsin import qilgan davlatlar:

   Eron – 11,6 ming tonna

   Misr  – 2,6 ming tonna

   Xitoy – 2,1 ming tonna

   Turkiya – 453 tonna

   JAR – 340 tonna

   Qozogʻiston – 187 tonna

   Boshqa davlatlar – 149 tonna