22/08/2025

   Joriy yilning 22-avgust kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida navbatdagi oʻquv mashg‘uloti oʻtkazildi. Unda boshqarma Bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova tomonidan 2025-yil 30-31-iyul kunlari qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining suv kodeksi” toʻgʻrisidagi OʻRQ-1076-son, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlarini kengaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1077-son va “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1078-son Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari mazmuni va mohiyati boʻyicha tushuntirishlar berildi.