So'nggi yangiliklar

Ma’lumot uchun: Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari faoliyat turi bo'yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulushi Boyovut tumani (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 7,9 %), Oqoltin tumani (7,6 %) va Sayxunobod tumanida (6,8 %) kuzatildi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan 232,0 mlrd so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 2,1 foizini tashkil etdi) asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Viloyatimizda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlariga erishishda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturining amalga oshirilishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

Joriy yilning 14- fevral kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

Sut yetishtirishning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Sayxunobod tumaniga (18,2 %) to‘g‘ri keldi, shuningdek, Boyovut (17,0 %), Sirdaryo (12,9 %), Mirzaobod (12,7 %) va Guliston (11,8 %) tumanlarida ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.

2025- yilning 1- yanvar holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni 3 279 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 30,6 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 3 274 taga to‘gri keldi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatining barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatimiz tomonidan 317,8 ming AQSH dollari qiymatidagi 347,4 tonna pomidor eksport qilindi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdoning ulushi savdo xizmatlari umumiy hajmining deyarli to‘rtdan uch qismini, ya’ni 61,6 foizni tashkil etdi.

Sirdaryo viloyatida 2024- yil yanvar-dekabr oylarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 5 923,3 mlrd so‘mni yoki, 2023- yilning mos davriga nisbatan 54,1 % ni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun: Bino va inshootlarni qurish faoliyat turi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining eng yuqori ulushi Yangiyer shahri (hududda bajarilgan qurilish ishlarining 80,9 %), Guliston tumani (79,7 %) va Boyovut tumani (76,7 %) da kuzatildi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida, kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 8127,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 40,9 % ni tashkil etdi.