2025-yilning yanvar-iyul oylarida Sirdaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 32,8 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 31,2 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 10,2 % ni tashkil etdi.