Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-iyul oylarida 12 ta davlatga qiymati 24,9 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 29,5 ming tonna yangi uzilgan uzum eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich yilning mos davriga nisbatan 14 ming tonnaga oshgan.
Oʻzbekiston 2025-yilning 7 oyida eng koʻp yangi uzilgan uzum yetkazib bergan davlatlar:
— Rossiya – 20,0 ming tonna;
— Qozogʻiston – 7,3 ming tonna;
— Qirgʻiz R. – 1,4 ming tonna;
— Belarus – 742 tonna;
— Ozarbayjon – 41 tonna;
— Boshqa davlatlar – 47 tonna.