28/08/2025

   Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida jami 6 319,1 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

   Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2,1 mln nafarga yoki 48,9 % ga oshgan.

   Ularning soni mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

   Qirgʻiz Respublikasi – 1 846 030 nafar;

   Qozogʻiston – 1 466 535 nafar;

   Tojikiston – 1 441 618 nafar;

   Rossiya – 536 849 nafar;

   Afgʻoniston – 267 485 nafar;

   Turkmaniston – 208 864 nafar;

   Xitoy – 103 158 nafar;

   Turkiya – 96 492 nafar;

   Hindiston – 38 008 nafar;

   Koreya Respublikasi – 25 057 nafar;

   Boshqa davlatlar – 289 023 nafar.

   Ularning soni safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:

   qarindoshlarni yoʻqlash – 4 338 164 nafar;

   sayyohlik – 949 933 nafar;

   xizmat yuzasidan – 710 303 nafar;

   tijorat – 255 136 nafar;

   davolanish – 54 882 nafar;

   oʻqish – 10 701 nafar.