22/08/2025

   2025-yilning yanvar-iyul oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 3 660,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 109,1 % ga yetdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 253,3 mlrd so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 3 407,4 mlrd so‘m, shundan uyushmagan savdo tovar aylanmasi 374,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.