So'nggi yangiliklar

Tuman va shaharlarda tadbirkorlar uchun o‘quv seminarlari tashkil etilayotganligi to‘g‘risida xabar bergan edik. Navbatdagi o‘quv seminarlari joriy yilning 5- fevral kuni Viloyat statistika boshqarmasi malakali xodimlari tomonidan Boyovut va Sayxunobod tumanlarida tashkil etildi.

Sirdaryo viloyatida 2024– yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 7 843,0 mlrd so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 97,4 % ni tashkil etdi.

2025- yil 1- yanvar holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 10 717 tani tashkil etdi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyatning barcha hududlarida joylashgan chorva (parranda) bozorlarida parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 44,1 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi.

2024- yilning yanvar-dekabr oylarida Sirdaryo viloyatida kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 215,3 mlrd so'mni, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 114,2 % ni, bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 1,9 % ni tashkil etdi.

2024- yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar hisobidan 116,3 mlrd so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2023- yilga nisbatan 107,4 % ni, ularning jami markazlashgan investitsiyalar hajmidagi ulushi 11,1 % ni tashkil etdi.