01/08/2025

   Joriy yilning 1-avgust kuni viloyat statistika boshqarmasining tarkibiy boʻlimlarida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Vazirlar Mahkamasining “Mehnat normalarini ishlab chiqish va joriy qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 465-sonli va “In-vitro sharoitida koʻpaytirilgan payvandtagli meva va tok koʻchatlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 468-sonli qarorlari mazmuni va mohiyati  boʻyicha navbatdagi oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova mazkur hujjatlarning mazmuniga qisqacha toʻxtalib oʻtdi. Oʻquv mashgʻuloti davomida xodimlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.